O‘zbekiston bosh archasining chiroqlari yoqildiBu yil O‘zbekistonning asosiy Yangi yil archasi “Lokomotiv-Anhor” bog‘i yonidagi salkam 4 gektar hududda bunyod bo‘lgan bayram maydonining markazida qad ko‘tardi, deb yozadi UZ24.

Foto: MyDay
Yangi yil archasining balandligi 26 metr, aylanasi 7,7 metrga teng. Uning barcha ehtiyot qismlari, o‘yinchoqlari Rossiyadan keltirildi. Archa 10 mingdan ziyod qo‘g‘irchoq va rang-barang tovlanuvchi chiroqlar bilan bezatilgan.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahrida Yangi yil bayrami madaniy tadbirlari 2016-yil 28-dekabrdan boshlanadi va 2017-yil 8-yanvargacha davom etadi. Yangi yil archalari poytaxtning yana 8 ta maydonida o‘rnatildi.
— deya xabar beradi Daryo nashri.Baholar: 0.0/0
O'qildi: 468
Qo'shildi: 26.12.2016 16:04
Qo'shildi: Akbar_Admin


