iPhone 8 yangicha rangda chiqariladiYaponiyaning Macotakara nashri tarqatgan axborotga ko‘ra, Apple kelasi yili o‘z rang tanlovini kengaytirib, qizil rangdagi iPhone 8 chiqaradi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Foto: MacDigger
Ayni paytda iPhone rang qatorida kumushrang, tillarang, pushtirang oltin, jilosiz qora va qora aqiq ranglari bor. Nashrning taxmin qilishicha, kompaniya marketing qadamlari doirasida yangi ranglarni joriy etmoqchi.

Foto: MacDigger
2016-yilda Apple qatorni qoraning ikki tusi bilan to‘ldirdi, va aynan ular bozorda eng talabgir ranglarga aylandi.
— deya xabar beradi Daryo nashri.Baholar: 0.0/0
O'qildi: 437
Qo'shildi: 08.12.2016 22:08
Qo'shildi: Akbar_Admin


