“Beixtiyor qo‘li ketib qolgan, u qizni urmagan”. “Istiqlol” san’at saroyi direktori Yegor Kridning konsertidagi janjal haqida - 7 Сентября 2017 - MuzMir.uz - Музыкальный портал!!
“Beixtiyor qo‘li ketib qolgan, u qizni urmagan”. “Istiqlol” san’at saroyi direktori Yegor Kridning konsertidagi janjal haqida
“Istiqlol” san’at saroyining direktori Isroil G‘ulomov jurnalist Feruz Muhammadga intervyu berdi. Saroy direktori suhbat davomida Yegor Kridning konsertida qo‘riqchi yigit tomonidan ayol kishiga qo‘l ko‘tarilgani, janjal nimadan kelib chiqqani va mazkur holatga qanday chora ko‘rilgani haqida gapirdi.



Foto: “Daryo” / Feruz Muhammad



— Yegor Kridning konsert dasturida, dasturdagi qo‘riqchi tomonidan bir ayol kishiga qo‘l ko‘tarilgan ekan. Ushbu video lavha tarmoqlarda ham tarqalgan, Yegor Krid o‘zining Instagram’dagi sahifasida ushbu video lavhani joylab, bu qo‘riqchi unga tegishli emasligi haqida ma’lumot qoldirgan, demakki qo‘riqchini san’at saroyi yollagan, bo‘lib chiqadi. Ushbu holat o‘rganildimi, qo‘riqchi javobgarlikka tortildimi?


— Bu muammoni chiqishiga yoshlarning o‘zi sababchi bo‘lgan. Bu yerda vaziyat quyidagicha bo‘lgan, o‘sha qizning akasi yugurib sahnaga chiqib ketmoqchi bo‘lgan ekan, bilasiz sahnaga chiqish mumkin emas. Qizning akasini to‘xtatib qolishga harakat qilmoqchi bo‘lgan qo‘riqchini, o‘sha qiz kelib yuzini yumdalagan. Yumdalagandan so‘ng xohlagan odamni, o‘z-o‘zidan qo‘li ketib qoladi, qo‘riqchi u qizni urmagan. Keyin ikkalasi bir biridan kechirim so‘rab, kelishib olishdi.


— Demak bu qo‘riqchi haqiqatdan ham san’at saroyi tomonidan qo‘yilgan ekan, shundaymi?


— Kim tomonidan qo‘yilishidan ham oldin, avvalo aybdor kim ekanligini aniqlash kerak. Agar sizni ham yuzingizni, ko‘zingizni birov yumdalasa, o‘zingiz bilmagan holda qo‘lingiz ketib qoladi, qarab turmaysiz-ku, xuddi shunaqa vaziyat bo‘lib qolgan. U yerda bir u qizmas, boshqa odamlar ham sahnaga chiqaman deb harakat qilishgan.


— Baribir, nima bo‘lgan taqdirda ham ayol kishiga qo‘l ko‘tarilgan, qo‘riqchiga qandaydir ogohlantirish berildimi, javobgarlikka tortildimi?


— Ogohlantirish ham berildi, so‘kildi ham, o‘sha kunning o‘zida ikkalasi bir-biri bilan gaplashib olishib, kechirim so‘rashdi. Qizning o‘zi ham “uzr, mendan o‘tdi”, deb kechirim so‘radi qo‘riqchi yigit ham qizdan uzr so‘radi.

Baholash:
Baholar: 0.0/0
O'qildi: 419
Qo'shildi: 07.09.2017 14:29
Qo'shildi: Akbar_Admin
Do'stlar Bilan Baham Ko'rish
Barcha Izohlar!: 0
avatar