Supermodellar go‘zalligining sirlari - 30 Января 2017 - Kutubxona - MuzMir.uz - Музыкальный портал!!
Supermodellar go‘zalligining sirlari

Ushbu maqolada dunyoga tanilgan ba’zi supermodellarning go‘zallik borasidagi sirlari bilan tanishasiz.


Foto: Wire Image


Adriana Lima


Model Adriana Limaning fikricha, go‘zal teri uchun eng yaxshi vosita – choy daraxti yog‘i bo‘lib, terining muammoli joylariga bir kunda 2 mahal surishni tavsiya qiladi.


Irina Sheyk


Irina Sheyk har kuni yuzini muz parchasi bilan artib, bodringli niqob qilishini va yuz terisini parvarish qilishda oddiy kokos yog‘idan foydalanishini aytdi.


Miranda Kerr


Avstraliyalik model Miranda Kerr qimmatbaho pilinglar o‘rniga oddiy badan cho‘tkasidan bemalol foydalanish mumkin deb hisoblaydi. U tabiiy cho‘tka yordamida butun badanini massaj qilib chiqadi. Natijada qon aylanish yaxshilanadi, teri silliqlashadi va sellyulit yo‘qoladi.

Baholash:
Baholar: 0.0/0
O'qildi: 378
Qo'shildi: 30.01.2017 21:49
Qo'shdi: Akbar_Admin
Do'stlar Bilan Baham Ko'rish
Barcha Izohlar!: 0
avatar