Go‘zallikning 5 dushmani - 15 Декабря 2016 - Kutubxona - MuzMir.uz - Музыкальный портал!!
Go‘zallikning 5 dushmani

Har bir ayol o‘z qiyofasini ardoqlaydi va asrab-avaylaydi. Go‘zalligi va yoshligini saqlab qolish uchun, nafaqat eng mashhur kosmetikalarni sotib olishga, balki jarrohlik amaliyotiga borishga ham tayyor turadi. Lekin, ba’zida bizning ko‘rinishimizga o‘zimiz yo‘l qo‘yadigan xatolarimiz va odatlarimiz zarar yetkazadi. Ushbu maqolada siz, o‘z kuchingiz bilan bartaraf eta oladigan, qiyofangizning 5 ta dushmani bilan tanishasiz.

Foto: “Woman.ru”

Soch rangini tez-tez o‘zgartirish

Sochni bir oyda bir martadan ortiq bo‘yash, ayniqsa rangini butunlay o‘zgartirish juda zararli bo‘lib, sochlarning shikastlanishiga, mo‘rt va xira bo‘lib qolishiga olib keladi.

Husnbuzarni siqish

Yuzdagi husnbuzarni o‘z holiga qo‘ysangiz 2—3 kunda yo‘qoladi, aks holda esa, ichiga infeksiya tushib, yuz terisi yallig‘lanishiga olib kelishi mumkin.

Qoshlarni terish

Bexosdan va noto‘g‘ri terish oqibatida chiroyli shakldagi qoshlaringiz o‘rnida ingichka chiziqlar paydo bo‘ladi. To‘g‘rilashdan oldin qoshlaringizga yaxshilab qarang, balki, hozirda urf bo‘lgan – tabiiy shaklda qolgani ma’quldir?

Quyosh nurlari

Quyoshda qorayish oqibati – nafaqat shokolad rangiga, balki terining erta so‘lishiga, bemahal ajinlar tushishiga va pigment dog‘lari paydo bo‘lishiga olib keladi.

Uyqu yetishmasligi

Uyqu davomida teri hujayralari to‘yib nafas oladi va qayta tiklanadi. Kech uxlash va erta turish, ya’ni yetarlicha uxlamaslik natijasida, terining rangi xiralashadi va ko‘z atrofiga ajinlar tushadi.

Baholash:
Baholar: 0.0/0
O'qildi: 368
Qo'shildi: 15.12.2016 20:43
Qo'shdi: Akbar_Admin
Do'stlar Bilan Baham Ko'rish
Barcha Izohlar!: 0
avatar