Afsus Qilmayman - 25 Октября 2016 - Kutubxona - MuzMir.uz - Музыкальный портал!!
Afsus Qilmayman

Tunlari sen haqingda o'ylab chiqarman,

Ko'zlarimga yosh kelar yig'lab chiqarman.

Tezroq tong otishin poylab chiqarman

Man sani, san o'zgani sog'ingan kecha.



Umrim qolgani bilmam qandoq o'tar,

Endi hech kelmasliging jonimni o'rtar.

A'lam esa yurakka tug' kabi botar

Man sani,.san o'zgani kutgan kecha.



Bilaman bu kunlar o'tar-u ketar,

Kimdur mani sevar, baxtli ham etar.

Garchi bu so'zlar yurakka og'ir botar

Mani o'zgalar quchog'ida ko'rgan kecha.



Shu kunni ko'rmagin deb hamon kutarman,

Kerak bo'lsa san uchun borimdan kecharman.

Ishonsang qanidi baxtli etarman

Bir zum kelib yonimda qolgan kechang.



Bu kecha qachon kelar bilmayman,

Sansiz o'tgan har kunimga chidayman.

Sani kutib umrim o'tib ketsa ham

Sevganimga hech ham afsus qilmayman.



Dilshoda... )

Baholash:
Baholar: 0.0/0
O'qildi: 506
Qo'shildi: 25.10.2016 22:00
Qo'shdi: Akbar_Admin
Do'stlar Bilan Baham Ko'rish
Barcha Izohlar!: 0
avatar