Ummon - Qanday Ayt (Qo'shiq Matni, Lyrics, Тексты Песен)
Tilimda yo'qsan-u, lek dilimdasan
Sen adashtirma mani, men sen emasman...
Sendayin oson... kecha olmasman
Mayli sog'inma mani, sog'inib ketdim
Tishimni tishimga qo'yib, indamay ketdim
Ahir birinchim eding, qiyin bo'larkan
Kuylarimda yo'qsan ancha bo'ldi
Sanga bo'lgan izhorlarim tugab bo'ldi
Sani hoxladim qaytishing ortga
Afsus battar qildim borib yoningga
Yaradorman ko'kdagi qushday
Qulamoqdaman ishqib yomon tushmay
Sendan yordam qo'ydim kutmay
Mani tushunarding ahvoling bo'lganida menday
Lekin sanda hammasi boshqacha
Yuragingga sig'adi kimsalar qancha
Ya'na qanchasiga ko'ngil berasan
Oxiri baribir ajralib ketasan
Meni esa hamon ko'nglim senda
Sevgimizni bir o'zim asrab yuribmanda
Keragi yo'q ortingga qaytma
Faqat qandayin ayt indamay turma
Qanday ayt ? kulib yayrab yurasan menga ham o'rgat
Men seni deb yonib kuyib yurgan payt indamay turma
Ahir bir so'z ayt
Ko'zlaringning aksida men bo'lay butun umr derding
Ko'zlarimning aksida sen ketgan yor qolib ketding
Ko'zlaringning aksida men bo'lay butun umr derding
Ko'zlarimning aksida sen ketgan yor qolib ketding
Unutganim yo'q hali, qalbimdasan
Balkim qalbimda emas dardimdasan
Sen alishtirding meni aytgin kimlarga
Men alisha olmadim sani butun dunyoga
Chunki sanda hammasi boshqacha
Kechalaring o'tadi o'zgacha
Bu yurishingda qaygacha ham borasan
Oxiri baribir yolg'iz qolasan
Meni esa hamon ko'nglim senda
Sevgimizni bir o'zim asrab yuribmanda
Keragi yo'q ortingga qaytma
Faqat qandayin ayt indamay turma
Qanday ayt ? kulib yayrab yurasan menga ham o'rgat
Men seni deb yonib kuyib yurgan payt, indamay turma
Ahir bir so'z ayt
Baholar: 0.0/0
Ko'rildi: 594
Qo'shildi: 23.06.2017 22:46
Qo'shdi: Akbar_Admin